
Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining yarim final uchrashuvlariga start beriladi.
Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan va futbolchi Remi Najjarin ishtirok etib, Saudiya Arabistoni U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Murabbiy: - Bizda yaxshi imkoniyat bor. Asosiy jamoamiz Jahon chempionatiga chiqqanidan xursandmiz. Bu bizga katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi ehtimoldan holi emas.
Raqiblarimiz ancha kuchli jamoa. Ular jismonan va texnik tomonlama qolganlardan ustun bo‘lib ko‘rinmoqda.
Men jamoamga ishonaman. Yigitlar ishonchni oqlaydi, deb o‘ylayman.
Futbolchi: - Fantastik start bo‘ldi. Finalga chiqish uchun harakat qilamiz. Bu bizning hozircha eng asosiy maqsadimiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar