Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi "C" guruhi 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Tailand o‘yini (2:0) bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng Tailand bosh murabbiyi Aleksandr Polking fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- Ilk navbatda, O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoangiz yaxshi o‘ynadi hamda haqli ravishda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sizda yaxshi jamoa shakllangan. O‘yin davomida jamoa himoyadan hujumga o‘tishda tezkorlik namoyish etdi. Bizda esa ortga qaytishda xatoliklar yuzaga keldi. Shunga qaramay, biz bu yerga Osiyo Kubogiga yo‘llanma olish uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik. Jamoviy o‘yinimizni yaxshilash uchun oldimizda bir yil muddat bor.
- Nima uchun birinchi taymdan so‘ng birato‘la to‘rtta o‘zgarishga qo‘l urdingiz?
- Birinchi taym haqida taasurotlarim yaxshi emas, shu sababli, to‘rtta o‘zgarishga qo‘l urdim.
- Bugun himoyalanishda Shomurodovga ko‘proq e’tibor qaratildi, shu bois uning atrofidagi futbolchilar erkin o‘ynashdi. Himoyalanishda Shomurodov uchun alohida reja tuzganmidingiz?
- Shogirdlarim faqatgina Shomurodov emas, Masharipovni ham qattiq qo‘riqlashga harakat qildi. Ikkalasi ham xavfli o‘yinchi. O‘zbekiston bugun odatdagidan kuchliroq o‘ynadi. Raqib futbolchilari o‘yin davomida o‘z joylarini tez-tez o‘zgaritirishdi, himoyadan hujumga tez o‘tishdi, bu ham bizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
- Osiyo Kubogigacha bir yil vaqtingiz bor. Bu muddat qanchalik ta’sir qiladi jamoaga?
- Bizda juda tig‘iz vaqt kutib turibdi, chunki futbolchilar klublarda ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularning klub safidan jarohatlarsiz kelishi muhim ahamiyatga ega. Barchaning tarkibda bo‘lishi ishimizni osonlashtiradi.
- Fikringizcha, O‘zbekistonning o‘yinini qanday yaxshilash mumkin?
- Har qanday jamoani yanada yaxshi bo‘lishga undash mumkin. O‘zbekiston tartibli o‘yin ko‘rsatadi, tarkibida top chempionatlarda to‘p tepadigan futbolchilar bor, ular mahoratli. O‘zbekistonning eng kuchli o‘yinini aynan bugun guvohi bo‘ldik.
- Raqib bunday o‘yin taklif etishini kutganmidingiz?
- Biz qo‘rqmasdan hujumlar tashkillashtirib, oldinga o‘tishga harakat qildik. Ishonchim komilki, keyinchalik shunday raqibga duch kelsak, nima qilish kerakligi borasida mahorat darsi o‘tadik. Kelgusi bosqichda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi