06:00 / 17.06.2022
1 146

Abdurauf Bo‘riyev: "O‘zimizni muxlislarsiz o‘ynagandek his qilmadik"

Abdurauf Bo‘riyev: "O‘zimizni muxlislarsiz o‘ynagandek his qilmadik"
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo Kubogi finaliga yo‘llanma oldi. Yarim final bahsida yaponiyalik tengqurlariga imkoniyat qoldirmagan futbolchilarimiz bosh sovrin uchun Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi bilan kurash olib borishadi. Biz bu borada yarim himoyachimiz Abdurauf Bo‘riyevning fikrlarini tingladik.

"Yaponiya har tomonlama kuchli jamoa edi, lekin omad bizga kulib boqdi. Kecha ikki jamoa ham bosim qildi. Bunday paytda ko‘proq aqlga tayanib ish tutish kerak. Baribir himoyadan oldinga o‘tishda qiynaldik. Kichik paslar bilan yorib o‘tish oson emasdi.

O‘zimizni muxlislarsiz o‘ynagandek his qilmadik. Tashqaridan hayqiriqlari eshitilib turdi.

Saudiya Arabistoni bilan o‘yinga qadar tiklanishga harakat qilamiz. Ulardan yuz foiz alamimiz bor. Raqib bunga tayyor tursin. Xudo xohlasa, bosh sovrinni O‘zbekistonda olib qolamiz
", – dedi Abdurauf Bo‘riyev.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi 19 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdurauf Bo‘riyev: "O‘zimizni muxlislarsiz o‘ynagandek his qilmadik"