1 133
Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Ertaga mazkur terma jamoa bilan kubokni olishni istayman"
Ertaga U-23 Osiyo kubogi final o‘yinida O‘zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib borishadi.
O‘yindan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi Sadd Al Shehri va o‘yinchi Hussain Alessa qatnashdi.
- Janob murabbiyning final haqidagi fikrlari qanday?
- Birinchi navbatda, ikkala jamoani ham final bilan tabriklayman. O‘z shogirdlarimdan faxrlanaman. Bu biz uchun ikkinchi final bo‘ladi. Xudo xohlasa ertaga kubok bilan uyga qaytamiz.
- O‘yinchi Hussain Alessaning final haqidagi fikrlari qanday?
- Finaldagi jamoalarni tabriklayman. Ikkala jamoa ham finalgacha uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Bu yerda ekanligimdan baxtliman. Ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Murabbiyga savol. Ertangi o‘yindagi g‘alabani tanlagan bo‘larmidingiz yoki ikki yildan keyingi Olimpiada yo‘llanmasinimi?
- Ertaga mazkur terma jamoa bilan kubokni, keyingi jamoa bilan esa Olimpiadaga yo‘llanma olishni istayman. Ikkala maqsadga erishish ustida ishlamoqdamiz. Har bir musobaqa biz uchun muhim.
- Xayrli kun, janob murabbiy. O‘zbekiston termasidagi futbolchilar Jasur Jaloliddinov va Hojimat Erkinov haqida fikr bildirsangiz...
- Menimcha, O‘zbekiston juda kuchli jamoa. Nazarimda ular bu musobaqaga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Siz sanagan o‘yinchilar ham yuqori saviyada. Biz esa ushbu o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu biz uchun juda muhim.
- O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqada 12 ta gol urdi. Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga qarshi qanday himoyalanadi?
- Ularda kuchli jamoa shakllangan. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni ham kuchli jamoa hisoblanadi. Ertaga juda kuchli o‘yin bo‘ladi. Bu Osiyo futboli uchun ajoyib bahs bo‘ladi.
- Saudiya Arabistoni ushbu musobaqada gol o‘tkazib yubormadi. Finaldan so‘ng ham ushbu natijani saqlab qolishni maqsad qilyapsizlarmi?
- Shunga umid qilamiz. Buning uchun konsentratsiyani yo‘qotmasligimiz kerak. Biroq bu final. Balki, raqib gol urishga erishar, ammo biz g‘alaba qozonishni ko‘proq istaymiz.
- O‘yinchi Hussain Alessaga savol. Ertaga O‘zbekiston U-23 terma jamoasi stadion to‘la muxlislar bilan o‘ynaydi. Saudiya Arabistoni bunga tayyormi?
- Biz bunday sharoitda o‘ynashga o‘rganib qolganmiz. Bu muammo tug‘dirmaydi.
- Hussain Alessaga savol. Saudiya Arabistoning ko‘p o‘yinchilari gol kiritishmoqda. Bu jarayon qanday sodir bo‘lmoqda?
- Jamoadagi har bir o‘yinchimiz gol urishi mumkin. Bu albatta yaxshi. Ertaga ham biz gol kiritib, finalda kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz.
- Janob murabbiy, ushbu musobaqada ikkinchi marta g‘olib bo‘lishingiz mumkin. Bu qanday hislarni beradi?
- Albatta, bu avlod avvalgisidan farq qiladi. Shu bilan birga, bu jamoa bilan tayyorgarlikni olti oy oldin boshladik. Yo‘limizda kuchli jamoalarga duch keldik va olti oylik tayyorgarlik bilan finalgacha yetib keldik. Bu albatta juda yaxshi natija. Hozirda kelajakni o‘ylashni boshlaganmiz. Ertaga kubokni qo‘lga kiritsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.
- Murabbiyga savol. Guruh bosqichida Tojikiston termasi bilan kurash olib bordingiz. Ushbu terma jamoa va O‘zbekiston o‘rtasidagi farq haqida gapirsangiz?
- O‘ylashimcha, ikki jamoa o‘rtasida farq katta. O‘zbekiston taktik jihatdan kuchliroq jamoa. Ammo biz O‘zbekistonga qarshi o‘ynashga tayyormiz. Ertaga Osiyo futbolining rivojiga hissa qo‘shidigan o‘yin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi