G‘ofur Rahimov promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda

So‘ngi yillarda yurtimizda professional boksga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Xususan, O‘zbekistonda boks bo‘yicha yangi promouterlik kompaniyasi - "Lift Promotions" ish boshladi.
Orginfo.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kompaniya ta’sischisi Imamov Ravshan Zunnunovich (Rapid Pro Sports MCHJ) bo‘lib, kompaniya rahbari sifatida Shodixodjayev Akromxodja Alixodjayevich ko‘rsatilgan.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu kompaniyaga O‘zbekiston professional bokc federatsiyasiya vitse prezidenti G‘ofur Rahimov homiylik qiladi.
Kompaniyaning ilk mijozlaridan biri esa Osiyo va jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilovdir.
"O‘zbekistonda ish boshlagan yangi kompaniya bilan shartnoma imzoladim. Xudo xohlasa kelasi oy o‘rtalariga yurtimizda boks oqshomi tashkil etiladi va men unda ringga ko‘tarilman", - deydi Mirzahalilov.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi kompaniyalar yurtimizda professional boks rivojiga katta hissa qo‘shadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Orginfo.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kompaniya ta’sischisi Imamov Ravshan Zunnunovich (Rapid Pro Sports MCHJ) bo‘lib, kompaniya rahbari sifatida Shodixodjayev Akromxodja Alixodjayevich ko‘rsatilgan.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu kompaniyaga O‘zbekiston professional bokc federatsiyasiya vitse prezidenti G‘ofur Rahimov homiylik qiladi.
Kompaniyaning ilk mijozlaridan biri esa Osiyo va jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilovdir.
"O‘zbekistonda ish boshlagan yangi kompaniya bilan shartnoma imzoladim. Xudo xohlasa kelasi oy o‘rtalariga yurtimizda boks oqshomi tashkil etiladi va men unda ringga ko‘tarilman", - deydi Mirzahalilov.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi kompaniyalar yurtimizda professional boks rivojiga katta hissa qo‘shadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…