O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov bugun terma jamoa murabbiylari va O‘FA vakillari uchun katta yig‘ilish o‘tkazdi.
"Zamonaviy futbolga yetib olishimiz uchun hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini anglab yetdik. Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni olganimizdan havolanishimiz kerak emas. Kamchiliklar ham ko‘rindi. Oldimizda 17 va 20 yoshli futbolchilar ishtirokida jiddiy musobaqa turibdi. Sizlardan ham Kapadzening jamoasiga o‘xshab mana shunday sifatli o‘yin ko‘rsatishinglarni so‘rayman. Umid qilaman, faqat iste’dodli futbolchilar topilgan holda tarkibdan joy olishadi", - deydi Abdusalom Azizov.
Osiyo kubogini o‘tkazishda yordam qilganligi uchun, O‘FA prezidenti Toshkent va Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyalari va ularning prezidentlari, shuningdek, "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalarini ham eslab o‘tdi. Undan tashqari MTJ o‘yinlari ishtirokidagi o‘yinlarni bekamu-ko‘st o‘tkazganiga Namangan viloyatiga ham minnatdorchilik bildirildi.
O‘z so‘zlarini yakunlagan Abdusalom Azizov, yig‘ilgan mutaxassislardan keyingi faoliyat haqida fikr so‘radi. Shu o‘rinda Srechko Katanes ham o‘tgan musobaqa haqida to‘xtalib, keyinchalik terma jamoa o‘yinlariga bo‘lgan munosabatni yanada oshirishni so‘radi.
"Oldimizda katta maqsad bor, barchamiz birgalikda amalga oshirgan natijamiz boshlanishi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda OTJ uchun yaratilgan sharoit uchun rahmat aytgan holda, o‘z kamchiliklarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, bundan ham kuchli bo‘lishga harakat qilamiz", - deydi Timur Kapadze.
Murabbiylarning fikrini tinglagan rahbar, muxlislar haqida to‘xtalmay o‘tmadi:
- So‘nggi yillarda bunday ajiotajni ko‘rmagan edik. Terma jamoamiz o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni stadionga qaytara oldi, bu katta mas’uliyat beradi. Endi ularning hurmatini joyiga qo‘ygan holda, mas’uliyat bilan ishga yondoshishimiz kerak.
Yig‘ilishda Abdusalom Azizov O‘FA xodimlaridan kerakli hisobotni tinglab boshqa qator masalalarni ham muhokama qildi.
Rahbar O‘FAning xalqaro bo‘limidan terma jamoa uchun yaxshi saviyadagi kuchli raqiblarni topish kerakligini aytib o‘tdi:
- Biz doim bir xil raqiblar bilan o‘ynaymiz. Keyingi raqiblarimiz terma jamoamizdan kuchli bo‘lishi kerak. Shunda biz sifatga erishamiz, iltimos, o‘z vazifangizga mas’uliyat bilan yondoshing! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi