Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Uning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Karpenko qatnashdi.
O‘yin haqida
- O‘yin haqida to‘xtalsam, muxlislarga rahmat aytmoqchiman. So‘nggi daqiqaga qadar qo‘llab-quvvatlashdi. Yigitlarni ham e’tirof etmoqchiman. Gol o‘tkazib yuborishganiga qaramay, to‘xtab qolishmadi. O‘yin durangga munosib edi. Nimadir o‘xshadi yoki o‘xshamadi. Birinchi gol o‘tkazib yubordik, keyin muvozanatni tikladik. Qo‘limizni tushirmaymiz. Oldinga qarab intilishda davom etamiz.
- Bugun "Bunyodkor"da umuman o‘yin surati, sifati ko‘zga tashlanmadi. Har holda tanaffusdan oldin jamoaning o‘yinida mazmun bor edi. Boz ustiga mezbon maqomida bunday to‘p tepishni tushunolmadik...
- O‘yin suratiga kelsak, jamoa oxirgi 4 kunda to‘liq yig‘ildi. Shu vaqt ichida to‘liq tarkib bilan shug‘ullandik. Chunki terma jamoada futbolchilarimiz ko‘p edi.Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalaridan futbolchilar qaytishdi. Raqibning o‘yinlarini ko‘rdik, ular ko‘proq to‘pni nazorat qilishganida mag‘lubiyatga uchrashgan. Rejalashtirganlarimiz o‘xshamadi. Zaxiralarni amalga oshirdik. Yakunda durang bo‘ldi.
- Yozda tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladimi?
- Bu borada ish olib borilyapti. Tarkibni qarasak, bugun 4 ta yosh futbolchi maydonga tushdi. Jamoani tajribali futbolchilar bilan to‘ldirish borasidagi istaklarimizni rahbariyat inobatga olsa, ikkinchi davrada o‘zgarish ro‘y berishi mumkin.
- Temurxo‘ja Abduxoliqovga qiziqish bildirgan ekansiz. U bilan bu borada gaplashdingizmi?
- Bu shunchaki mish-mish. Temurxo‘ja bilan gaplashmadim. Hattoki, telefon orqali ham muloqot bo‘lmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi