Qarshining "Nasaf" jamoasi kecha Superliganing qoldirilgan 3-tur bahsida Olmaliqda AGMK bilan to‘qnash keldi
Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvdan so‘ng "Nasaf" yetakchilaridan biri Marko Stanoyevichning fikrlari bilan qiziqdik.
- O‘yin haqida...
- Muxlislarga namoyish qilgan o‘yinimiz manzur kelgan bo‘lishi mumkin. Lekin men o‘yindan ham, natijamizdan ham qoniqmadim. Chunki ochko yo‘qotdik. AGMK munosib raqib hisoblanadi. Qanday raqib bo‘lsa ham, biz har bir o‘yinda yutishimiz kerak.
- Ikkinchi bo‘limda jamoa bo‘shashgandek ko‘rindi. Bu nima bilan bog‘liq?
- O‘sha holatda biz yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz kerak edi. Shunda ishimizni ancha osonlashtirgan bo‘lar edik.
- Tanaffusdan so‘ng jamoaga nima yetishmayapti?
- Albatta tanaffusdan so‘ng o‘yinlarimizda pasayish kuzatilmoqda. Bu normal holat. Chunki ko‘p vaqt yarim jamoa bilan shug‘ullandik.
- Ko‘p ochkolar yo‘qotilmoqda. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashda bu qimmatga tushmaydimi?
- Muxlislarni xursand qilish uchun doim chiroyli futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bu esa gohida o‘xshayapti, gohida esa aksi kuzatilmoqda. O‘ylaymanki, joriy mavsum biz uchun omadli yakunlanadi. Ikkinchi davrada kamroq ochko yo‘qotishimiz kerak. Boz ustiga zaxiramizda o‘yinlarimiz bor. Shunday ekan ayni paytda egallab turgan o‘rnimizni yanada yaxshilay olamiz.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi