
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zining iste’fosi uchun uning murabbiylar shtabiga to‘lanadigan 15 million yevro miqdoridagi kompensatsiya bilan cheklanib qolmoqchi emas.
L'Équipe nashrining yozishicha, argentinalik mutaxassis klub rahbariyatidan bu summaga qo‘shimcha ravishda yana ikki million yevro bonus talab qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Pochettinoga klub rahbariyati 10 iyunda iste’fo haqida xabar bergan. Shundan beri tomonlar to‘lanadigan kompensatsiya pullari miqdori bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Klub rahbariyati Pochettino uchun shartnoma bo‘yicha qolgan bir yillik maoshini to‘liq to‘lab bermoqchi. Uning to‘rt nafar yordamichisi ham kelasi mavsumga mo‘ljallangan maoshlarini oladi.
Lekin mutasaddilari Pochettino ishini davom ettirgan taqdirda beriladigan bonuslarni to‘lashdan bosh tortmoqda. Tomonlar ushbu masalalarni hal qilib bo‘lganidan keyin Pochettinoning iste’fosi rasman e’lon qilinadi.
PSJMaurisio PochettinoIste’foKompensatsiyaBonus TalabKlub Rahbariyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar