
“Barselona”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman kataloniyaliklarning o‘yin uslubi eskicha ekanini ta’kidladi.
- Niderlandiya futbol maktabi vakili sifatida men uchun hujumkor o‘yin ko‘rsatish eng muhim jihat hisoblanadi. Zamonaviy futbolchi uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynash kerak.
“Barselona”da ishlaganimda aynan mana shu taktikani qo‘llagan uchrashuvlarimizda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilgandik.
Hozir “Barselona” eskirgan usulda o‘ynayapti va 4-3-3 sxemasida “tiki-taka”sini qo‘llashga urinyapti. Lekin futbol o‘zgargan, tezkorlik va texnika ancha oshgan. Faqat tarixga tayanib yashab bo‘lmaydi, - dedi Ronald Kuman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar