“Roma” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Eldor Shomurodovga turli jamoalardan qiziqish bo‘layotgani bor gap. Ayniqsa, Turkiya Superklubi vakili “Galatasaroy” legionerimizni o‘z safiga qo‘shib olishga qattiq harakat qilmoqda.
Turklar o‘zbek hujumchisini so‘rab, Rim klubi rahbariyatiga murojaat qilgani va ularning javobini kutayotgani haqida ma’lumot tarqatildi.
Ayni paytda “Roma” kelasi mavsum uchun jangovar tarkib shakllantirish bilan ovora. Bu borada Joze Mourino talabiga ko‘ra, transferlar uch qismga bo‘linganini ko‘rish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Tyagu Pinto bosh murabbiy talabiga ko‘ra, “Roma”ni haqiqatan kuchaytiradigan futbolchilarni olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda. Mourino har bir chiziqqa yuqori salohiyatli ijrochilarni olmoqchi.
Hozircha, “bo‘rilar” faqat ikkita transferni uddalab, “Benfika”dan yosh davrozabon Mile Sevilar va “Manchester Yunayted”ni tark etgan Nemanya Matichni qo‘lga kiritdi.
Mourino Tyagu Pintoga kelasi mavsum ham o‘zi ishonch bildirmaydigan va jamoani tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarning nomini ham aniq aytgan. Xususan, gvineyalik yarim himoyachi Ebrima Darbo “Lill”ga jo‘natildi. Yosh himoyachi Rikkardo Kalafori ham boshqa jamoalarga ijaraga jo‘natiladi.
Bir necha jamoa Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan Amadu Diavara va Gonsalo Vilyar transferini amalga oshirish uchun rimliklar bilan muzokaraga kirishgan.
Bosh murabbiy ixtiyorida yana bir guruh futbolchilar borki, ularning jamoada qolishi hech qanday ziyon keltirmaydi. Biroq, kutilgan mablag‘ni taklif qiladigan klublar topilsa, sotib yuborilishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ana shu guruhga kiradi.
Ular orasida Nikolo Dzanolo, Jordan Veretu, Matias Vina, Marash Kumbulla va Eldor Shomurodov kabi salohiyati baland o‘yinchilar bor.
Italiya matbuoti, xususan, https://footballnews24.it sayti "Roma"ning Eldor Shomurodov bo‘yicha transfer rejalarini ham tahlil qilib, o‘z munosabatini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Mourino yaqinda Shomurodovga kelasi mavsumda ham imkoniyat berilishini aytgandi. Lekin bora-bora vaziyat o‘zgardi. Tyagu Pinto o‘zbek futbolchiga bo‘layotgan chorlovlar, xususan, “Galatasaroy” taklifini ham o‘rganib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki xulosalar ham tayyor. Unga ko‘ra, poytaxt klubi tarkibidagi yagona osiyolik legionerni sotib yuborishga qarshi emas. Lekin buning uchun 10 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilish talab etiladi.
Chunki “Roma” Shomurodovni shoshilinch tarzda sotib olgan va bu transfer uchun 18 million yevro sarflagan. Zaxirada qolib ketgan o‘yinchimizning https://www.transfermarkt.world portalidagi narxi avvaliga 14 million yevrogacha ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hozir bu ko‘rsatkich teng yarmiga tushib ketgan.
Demak, “Roma” Shomurodovni olmoqchi bo‘layotgan jamoalardan, jumladan, turk klubidan ham 10 million yevrodan ortiqroq mablag‘ so‘raydi. Agar “Galatasaroy” varianti amalga oshmasa, “bo‘rilar” talab qilinayotgan summani to‘laydigan yangi xaridorlarni kutadi.
Aks holda, Joze Mourinoning o‘zi qiyin pallalarda zaxiradan o‘yinga tushib, natija ko‘rsata oladigan Shomurodov yordamidan keyingi mavsumda ham foydalanishga qarshi emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi