date
views 1 273

Ronaldu "Manchester Yunayted"dan o‘zini sotishni so‘radi

Ronaldu "Manchester Yunayted"dan o‘zini sotishni so‘radi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu yozda MYUni tark etishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi klub rahbariyatiga yaxshi taklif kelib tushsa, o‘zini sotishni so‘rab murojaat qilgan.

37 yoshli hujumchi faoliyatining oxirigacha har mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynashni maqsad qilgan – uning fikricha, u yana 3-4 yil harakat qiladi.

Ronaldu "Manchester Yunayted"ga 2021 yil avgust oyi oxirida qaytgandi. U 2021/22 yilgi mavsumda jamoa uchun barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu "Manchester Yunayted"dan o‘zini sotishni so‘radi