“Andijon” klubining rivojlanish strategiyasi bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi katta. Jamoa garchi pro ligada qatnashayotganiga qaramasdan aslo o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan chekingan emas. Parallel ravishda hozirgi vazifalardan biri Superligaga qaytish.
To‘g‘ri, jamoamiz hali xalqaro maydonlarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, ammo vaqti kelib albatta, ushbu istagimiz ham ro‘yobga chiqadi. Rahbariyat tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga “Andijon” haqida endi xorijda ham yaxshigina tushunchalar paydo bo‘lyapti va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lib borishmoqda. Bu esa klubning yuksalishida muhim qadamlardan biri.
Jumladan, barchamiz bilgan, taniqli mutaxassislardan biri - Rossiya terma jamoasi va “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin bilan o‘rnatilgan muloqot chog‘ida jamoamiz borasida o‘z munosabatini bildirdi.
“Birinchi navbatda klubning Superligaga qaytishiga tilakdosh ekanligimni aytmog‘im darkor. Buning uchun “Andijon” ko‘proq g‘alabalarga erishishi kerak bo‘ladi.
Intilish va xohish o‘zaro uyg‘unlashgan taqdirdagina hammasining iloji bor. Tabiiyki, bu gaplarim klub va uning jonkuyar ishqibozlariga birdek taalluqlidir.
“Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov? U bilan shaxsan tanish emasman, lekin Kumikovning qanday murabbiy ekanligi haqida ko‘p eshitishimga to‘g‘ri kelgan”, - dedi Valeriy Georgiyevich, “Andijon” matbuot xizmatiga.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi