
Liverpul shahri aeroporti vakillari portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkinligi borasida hazil qilishdi. Oldinroq, 37 yoshli futbolchi "Old Trafford"da qolishni istamasligini aytgandi.
“Manchesterni navbatsiz tark etishni xohlaysizmi? Biz Krishtianuni aeroportimizga taklif qilishdan xursandmiz, bu yerda hamma narsa tezroq va do‘stona tarzda amalga oshiriladi. Bu yerdan Myunxenga yoki boshqa mamlakatlarga uchishingiz mumkin”, — deyiladi aeroport matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Krishtianu rahbariyatning transfer bozoridagi passiv ishi tufayli “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qildi. Shuningdek, portugaliyalikni keyingi mavsumda “qizil iblislar”ning Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi ham qoniqtirmayapti.
Ayni paytda forvard uchun “Bavariya” va “Chelsi” kabi klublar favorit hisoblanadi. OAV xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Xorxe Mendesh KriRoning xizmatlarini “Baselona”ga ham taklif qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar