"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning mavsumoldi yig‘inini o‘tkazib yuboradi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik ertaga jamoa bilan birga Tailandga uchmaydi. "Manchester Yunayted" Ronalduga shaxsiy/oilaviy muammolarini hal qilish uchun qo‘shimcha vaqt berishga rozi bo‘ldi.
Oldinroq hujumchi jamoaning qatorasiga to‘rtinchi mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgani va "Old Trafford" egalari boshqa klublardan futbolchi bo‘yicha takliflarini tinglashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, “qizil iblislar” 12 iyul kuni Bangkokda "Liverpul"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Mavsumoldi tur doirasida “Manchester Yunayted” Avstraliyaga ham boradi: u yerda ingliz klubi “Melburn” (15 iyul) va “Kristal Pelas” (19 iyul) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ronaldu 2021 yilning avgustida “Manchester Yunayted”ga qaytdi. O‘tgan mavsumda hujumchi "Manchester Yunayted"ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi