
Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skoshich lavozimidan ozod etildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
53 yoshli mutaxassis 2020 yilning fevral oyida forslar boshqaruviga kelgandi. Bu vaqt oralig‘ida jamoa uning qo‘l ostida 2022 yilgi Jahon chempionati saralashi so‘nggi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va mundialga chiqqan Osiyoning ilk termasi bo‘ldi.
"Sahro shahzodalari" Skoshich bilan 18 o‘yindan 15 tasida g‘alaba qozongan. Ayni paytda bosh murabbiylikka Ali Kalonui, Ali Dai, Javod Nekunam kabi Eron futboli afsonalari nomzod bo‘lib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar