“Roma” kelasi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Joze Mourino shogirdlari o‘z qarorgohidagi yig‘inlarni yakunlab, Portugaliyaga yo‘l oldi.
Portugaliya yig‘ini rimlik “bo‘rilar” uchun kelasi mavsumga tayyorgarlikning asosiy davri hisoblanadi. Bu yig‘inda murabbiylar shtabi jamoaning asosiy tarkibini shakllantirib olishi kerak.
“Roma” o‘tgan mavsumda Italiya klublari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Rimliklar A Seriya va Italiya kubogi bahslaridan tashqari UYEFA Konferensiyalar ligasida qatnashdi. Mourino shogirdlari mazkur xalqaro turnirni saralash bosqichidan finaligacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi va bu jarayonda qo‘shimcha 15 ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Kelasi mavsum bundanda og‘ir bo‘lishi aniq. Chunki klub rahbariyati bu gal Joze Mourino va uning shogirdlaridan A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lish, Italiya kubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqishni talab qilmoqda.
Talab katta va tayyorgarlik shunga yarasha bo‘lishi kerak.
“Roma” Italiyadagi yig‘inda asosiy e’tiborni jismoniy va taktik tayyorgarlikni oshirishga qaratdi va atigi bitta nazorat uchrashuvi bilan cheklandi. “Trastevere” bilan bo‘lgan o‘yinda rimliklar 5:0 hisobida zafar quchdi. Shomurodov o‘zi gol urishi barobarida jamoadoshi Volpatoga golli pas uzatdi.
“Roma” Portugaliyadagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini 13 iyul kuni o‘tkazadi. Mourino shogirdlariga Angliya Chempionshipi vakili – “Sanderlend” raqiblik qiladi. Bu jamoa yaqin yillarda ham premer-ligada o‘ynar edi va yana Angliyaning eng kuchli jamoalari qatoriga qo‘shilishga intilmoqda.
Italiya futbolini yoritayotgan https://footballnews24.it/ nashrining yozishicha, “Roma”ning asosiy to‘purari Temmi Abraxam va jamoa sardori Lorenso Pellegrini jamoa bilan Portugaliyaga uchmagan. Mourino Angliya va Italiya terma jamoalariga jalb etilgan bu o‘yinchilarga qo‘shimcha dam olish uchun imkon bergan.
Yana bir hujumchi – Nikolo Dzanoloni jarohat bezovta qilayotgan edi. “Yuventus”ga o‘tishni istayotgan o‘yinchi “Trastevere”ga qarshi bahsda ham ko‘rinmadi.
“Nitssa”dagi ijara muddatini yakunlab, “Roma” qaytgan Jastin Klyuyvert jamoa bilan birga Portugaliyaga yo‘l oldi. Biroq, unga “Marsel”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani uchun Portugaliya yig‘inida uzoq ushlanib qolmasligi aytilmoqda.
“Roma” hujumida yuzaga kelgan bu vaziyatni inobatga olsak, Portugaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinlarida asosiy hujumchi sifatida Eldor Shomurodov haraka qilishi mumkin. Chunki hamyurtimiz kelasi mavsumni Rimda o‘tkazishi aniq bo‘lib ulgurgan. Mourino o‘zbek futbolchisini jamoada olib qolishga qaror qildi va demak, uni mavsum oldidan qattiq sinab ko‘radi.
Hujum chizig‘ining qolgan vakillari – Karles Peres, Feliks Afena-Gyan, Stefan El-Shaaravining jamoada qolishi kafolatlanmagan va sport direktori Tyagu Pinto ulardan turli transferlar amalga oshirish uchun narxni pasaytiruvchi aktiv sifatida foydalanmoqchi. Bundan sharoitda, Mourino bu o‘yinchilarga ko‘p ham tayanmaydi.
“Roma” Portugaliya yig‘inida jami to‘rtta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Rimliklar “Sanderland”dan tashqari 16 iyul kuni Portugaliyaning “Portimonense”, 20 iyul kuni “Sporting” va 23 iyulda Fransiyaning “Nitssa” jamoasi bilan bellashadi.
Keyingi raqib Angliyaning “Tottenxem” jamoasi bo‘ladi va bu xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 30 iyul kuni Isroil davlatida tashkil qilinishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)