
“Roma” va “Atalanta” rahbariyati o‘zaro kelisha olsa, A Seriyaning ikki klubi o‘zaro beshta o‘yinchini almashtiradi.
Yaqinda Milan shahrida Bergamo va Rim klublari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokara jarayonida “Atalanta” hujumchisi Mario Pashalichni “Roma” vingeri Stefan El-Shaaraviga almashtirish masalasi muhokama qilindi, deb xabar berdi Football Italia nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar yana bir rokirovka ustida ishlamoqda. Unga ko‘ra, “Roma” rossiyalik hujumkor futbolchi Aleksey Miranchukni olishga tayyor. Rimliklar bu o‘yinchi uchun Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan Karles Peres va Jordan Veretuni olishni taklif qilmoqda.
Har ikki jamoa o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar