Messi muxlislariga bir yangilik aytadi!

Messi muxlislariga bir yangilik aytadi!
PSJ hujumchisi Lionel Messi shu yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin faoliyatiga doir qarorini e’lon qiladi.

PSJ rahbariyati argentinalik yulduzga kelasi yoz tugaydigan hamkorlik shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishni taklif qilgan. Lekin Messi unga javob berishga shoshilayotgani yo‘q.

Messi Fransiya klubidagi debyut mavsumida atigi oltita gol urib, o‘z faoliyati davomida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Leo kelasi mavsumda hammasi boshqacha bo‘lishi haqida bayonot ham berdi.

Leo kelasi mavsumni katta ehtimol bilan PSJda o‘tkazadi. Biroq ko‘pchilikni mashhur to‘purar keyingi faoliyatini qayerda davom ettirishi qiziqtirib qo‘ygan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar