
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsum oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” avvalgi natijalarini bu yil ham takrorlay oladi.
“G‘alabalar menga baxt keltiradi, shuning uchun buni yana takrorlashni istaymiz. O‘tgan mavsumda qo‘lga kiritgan sovrinlarni bu mavsumda ham ortig‘i bilan qo‘lga kiritmoqchiman. Yangi qo‘shilgan futbolchilarni tezda o‘z falsafamizga moslashtirishga harakat qilamiz. Tarkib o‘tgan mavsumga qaraganda nisbatan kuchliroq. Shu bois, muvaffaqiyatni yana takrorlashga intilamiz”, - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda "Real" Madrid Ispaniya chempionati, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar