“Roma” katta transferni tezlashtirdi

“Roma” katta transferni tezlashtirdi
Roma” sport direktori Tyagu PintoSassuolo”dagi hamkasbi Jovanni Karnevale bilan 22 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezi transferini tezlashtirish maqsadida muzokara o‘tkazdi.

Frattezi aslida Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning o‘zi ham poytaxtga qaytishga shoshilmoqda.

Tyagu Pinto o‘yinchining agenti Juzeppe Riso bilan futbolchiga taklif qilinadigan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan.

Frattezi o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlarining to‘rtta goliga hammualliflik qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar