Yevropa matbuoti Neymarningt PSJdan ketishi haqida ko‘p yozmoqda. Chunki braziliyalik futbolchi klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan mojarolashib qolgan.
Qolaversa, Parij klubi rahbariyati jamoa tarkibini tubdan yangilashga qaror qilgan va mana shu maqsad yo‘lida asosiy tarkibning o‘ndan ziyod futbolchilari bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Shunga qaramay, Neymar PSJdan ketmasligini uqtirmoqda. Garchi ko‘pchilik uning bu qarorini katta maosh olayotganiga bog‘layotgan bo‘lsa-da, hujumchining maqsadi umuman boshqa.
Goal.com portalining ta’kidlashicha, Neymar shu yilning noyabr – dekabr oylarida Qatar mezbonlik qiladigan jahon chempionati yakunigacha o‘zining eng yuksak sport formasini ushlab qolmoqchi va ana shu maqsadda boshqa klubga o‘tmaydi.
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Serbiya, Shveysariya va Kamerun futbolchilari bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)