
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalik hujumkor futbolchi Eden Azar borasida bir qarorga kela olmayapti.
Avvaliga italiyalik mutaxassis bir necha mavsumdan beri o‘zini ko‘rsata olmayotgan Azarni jamoadan ketishini ta’kidlagandi.
Biroq, Azar birinchi mashg‘ulotning o‘zidayoq murabbiyning fikrini o‘zgartira oldi. Manbalarning ta’kidlashicha, belgiyalik futbolchi hozirdan ajoyib sport formasiga kirib olganini namoyish qila boshladi.
Anchelotti hujumkor futbolchi pozitsiyasida ko‘proq Vinisius Junior va Rodrigo Goesga ishonch bildirmoqda. Lekin Azar yangi mavsumda bu ikki jamoadoshidan asosiy tarkibdagi o‘rnini tortib olishiga qattiq ishonmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar