
«Barselona» bosh murabbiyi Xavi mavsumoldi o‘yinlarini o‘tkazish uchun jamoa bilan AQSHga bora olmadi.
Kataloniyaliklar tez orada mavsumoldi turneni o‘tkazish uchun uchib ketishadi, biroq bosh murabbiy jamoa bilan keta olmaydi. Bunga dastlab Xavining ma’muriy va pasport muammolari sabab qilib keltirilgan.
Keyinchalik esa, uning Eronga bir necha bor tashriflari tufayli AQSHga kirishga ruxsat etilmagani ma’lum bo‘lgan.
Ispaniyalik sobiq futbolchi «Al-Sadd» a’zosi bo‘lgan paytlarida Eronga uch bora tashrif buyurgan. Ma’lum bo‘lishicha, Xavi AQSHga kirish uchun maxsus ruxsatnoma olishga umid qilgan, biroq so‘nggi daqiqada unga rad javobi berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar