Levandovski "Barselona"ga nega o‘tayotganini aytdi

Levandovski "Barselona"ga nega o‘tayotganini aytdi
Tez orada "Barselona" bilan shartnoma imzolaydigan hujumchi Robert Levandovski Kataloniya klubiga o‘tishi haqida gapirdi.

"Xavi menga birgalikda qattiq mehnat qilib, ko‘p narsaga erishishimiz mumkinligini aytdi. U tez orada "Barselona"ni yana yuqoriga olib chiqmoqchi. Men bu yerga sovrinlar yutish uchun keldim. Bilaman, yaqinda men 34 yoshga to‘laman. Lekin o‘zimni jismonan va ruhiy jihatdan juda kuchli his qilyapman”, - deydi Levandovski Bild nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski so‘nggi sakkiz yil davomida "Bavariya" sharafini himoya qildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar