
"Yuventus"ni tark etib, erkin agentga aylangan Paulo Dibala yangi klub qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
"La Repubblica" nashri bergan xabarga ko‘ra, argentinalik yarim himoyachi Mourino bilan suhbatlashgan va "Roma" taklif qilgan shartlarni qabul qilishga tayyor.
Bilasiz, unga Italiyaning "Inter" hamda "Napoli" jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Bir qancha vaqt davomida Pauloning "neradzurrilar" safiga ko‘chib o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar chiqdi. Ammo Joze bilan suhbat vaziyatni o‘zgartirdi.
28 yoshli o‘yinchi o‘tgan mavsum "keksa senora" tarkibida A Seriyaning 29 o‘yinida maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 5 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar