
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lionel Messi Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishi mumkinligidan xavotirda, deb xabar beradi Ispaniyaning “Sport” nashri.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Ronaldu aynan shu sabab "Yunayted"ni tark etishga qaror qilgan.
Yangi mavsumda Erik ten Xag shogirdlari Yevropa ligasida, Messi boshchiligidagi PSJ esa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Ayni musobaqaning eng yaxshi to‘purari unvonini Ronaldu 140 ta gol bilan boshqarib turibdi. Messi hisobida esa 125 ta gol bor. Portugaliyalik va argentinalik goleadorlarning eng yaqin ta’qibchilari “Barselona”ning yangi a’zosi Robert Levandovski va "Real" Madrid forvardi Karim Benzema hisoblanadi (ikkalasi ham 86 ta gol). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar