date
views 1 369

Raqib jamoa tarkibini “Roma” hujumchisi bilan kuchaytiradi

Raqib jamoa tarkibini “Roma” hujumchisi bilan kuchaytiradi
A Seriyada “Roma”ning asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Atalanta” o‘z tarkibini rimliklar hujumchisi Stefan El-Shaaravi bilan kuchaytirishga qaror qildi, deb ma’lumot tarqatdi taniqli jurnalist Nikolo Skira.

Italiya terma jamoasi o‘yinchisining “Roma” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi. Klub mutasaddilari unga hali yangi bitim taklif qilgani yo‘q.

El-Shaaravi o‘tgan mavsumda poytaxt klubi safida 36 ta uchrashuvda qatnashib, yettita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

29 yoshli hujumkor futbolchi faoliyati davrida “Jenoa”, “Milan”, “Monako” va “Shanxay Shenxua” klublari safida ham to‘p tepgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raqib jamoa tarkibini “Roma” hujumchisi bilan kuchaytiradi