22:08 / 20.07.2022
1 223

Osiyo chempionatida navbatdagi medallar shodasi

Osiyo chempionatida navbatdagi medallar shodasi
Toshkentda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz navbatdagi medallar jamlanmasini jamoamiz hisobiga yozib qo‘yishdi.

-67 kg vazn toifasida bugungi bellashuvlarda o‘smirlar va yoshlar o‘zaro bahs olib borishdi. Reglamentga ko‘ra, yakunda ularning natijalari o‘z toifalari bo‘yicha ajratib olindi. Shu tarzda yosh og‘ir atletika yulduzlari ishtirokidagi bahslarda Husinboy Matrasulov yoshlar, Bobur Umidov esa o‘smirlar toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar, -67 kg:
1. Vichuma Virapxon (Tailand) – 300 (135+165) kg
2. Alisher Baiburov (Qozog‘iston) – 289 (134+155) kg
3. Husinboy Matrasulov (O‘zbekiston) – 178 ( 127+151) kg

O‘smirlar, -67 kg:
1. Alisher Baiburov (Qozog‘iston) – 289 (134+155) kg
2. Ju Xyon Park (Koreya Respublikasi) – 255 (115+140) kg
3. Bobur Umidov (O‘zbekiston) – 255 (114+141) kg.

Qayd etish joiz, Matrasulov barcha yo‘nalishlarda, Bobur Umidov dast ko‘tarish va ikki kurash, shuningdek, o‘smirlar toifasida umumiy hisobda sovrinli o‘rinlarga kira olmagan yana bir vakilimiz Ahliddin Hasanov siltab ko‘tarish mashqida bronza medali bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionatida navbatdagi medallar shodasi