
Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri sobiq chempion Entoni Joshua bilan tekinga jang qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
"Bu mening Angliyada Entoni Joshuaga jang haqida aytganlarimni tasdiqlaydi. Agar shartlarga rozilik berilsa, bugun shartnoma imzolayman.
Jang tekin bo‘lishi kerak: bepul teletranslyatsiya va bepul chiptalar. Britaniya uchun bu tarixiy jang o‘tkazilsa, hech kim pul ishlab olmasligi kerak. Shartlar bor va ularni men aytaman. Rozi bo‘ling yoki buni qoldiring.
To‘p siz tomonda, yigitlar uni oling yoki tashlab yuboring. Qanday bo‘lmasin, menga farqi yo‘q. Bu mening taklifim. Sog‘ bo‘linglar", - dedi Fyuri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar