
"Roma" himoyachisi Rojer Ibanes kelasi mavsumni "Barselona"da boshlashi mumkin. Futbolchini Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundega muqobil sifatida ko‘rmoqda.
Kunda bo‘yicha muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda, ammo "Sevilya" himoyachisi "Chelsi"ga o‘tishga ko‘proq moyil ko‘rinadi.
Agar “Barselona” Kundeni qo‘lga kirita olmasa, “B” rejani ishga soladi va bor e’tiborini aynan Ibanesga qaratadi.
Ibanesning «Roma» bilan shartnomasi 2025 yilda tugaydi va shu sababli Rim klubi himoyachi uchun katta pul talab qilishi mumkin.
Rojer Ibanes o‘tgan mavsum “Roma” safida A Seriyada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar