
“Roma” o‘z safiga bir qator kuchli o‘yinchilarni qo‘shib olishni uddaladi. Yozda qo‘lga kiritilgan Mehmet Zeki Chelik, Nemanya Matich, Paulo Dibala tarkibni ancha kuchaytirishi bor gap.
Shu bilan birga rimliklar Joze Mourinoga kerak bo‘lmaydigan o‘n nafarga yaqin o‘yinchini boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborish ustida ishlayapti. Ana shunday futbolchilardan biri ispaniyalik Karles Peres.
“Barselona” tarbiyalanuvchisi yozgi transferlar mavsumi tugamay turib, La Ligaga ko‘chib o‘tishi aytilmoqda.
Karles Peresga “Selta” jamoasi jiddiy qiziqish bildiryapti. Vigoliklar o‘ng qanot hujumchisini keyinchalik sotib olish sharti bilan bir mavsum ijaraga oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar