«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi Corriere dello Sport.
Xabarga ko‘ra, Shomurodov mavsumoldi yig‘inlarda rimliklar murabbiyi Joze Mourinoda iliq taassurot qoldirolmagan.
Klub transfer oynasida hujumchi uchun takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Eldor bilan birgalikda himoyachi Matias Vinya ham «Roma»ni tark etadi. Biroq himoyachiga bozorda qiziqish yo‘qligi sabab, uni sotib yuborish qiyin kechadi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilda «Rostov»dan «Jenoa»ga o‘tgan edi. O‘zbekistonlik hujumchining transfer narxi 6,5 millionni tashkil etgan. 2021 yil yozida «Roma» Eldorni 18 million yevroga sotib olgan.
Ortda qolgan mavsumda 27 yoshli futbolchi rimliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Transfermarkt portali Shomurodovni 8 million yevroga baholagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi