
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu borasidagi “serial” hamon davom etmoqda. Bugun ingliz nashrlarida portugaliyalik borasida yangi xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, futbolchi “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qilgan va hozirda o‘zi uchun yangi klub qidirmoqda.
AS nashri xabariga ko‘ra, forvardga da’vogarlar qatorida to‘rtta klub bor. Hujumchini "Bavariya", "Chelsi", "Atletiko" va "Napoli" o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Madrid klubi bu poygada favorit sanaladi. Boisi, Krishtianu "matraschilar" safiga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Krishtianu Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qildi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “qizil iblislar” APLda oltinchi o‘rinni egalladi va Yevropa ligasi ishtirokchisiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar