date
views 2 104

Krishtianu Ronaldu transferi uchun 20 dona qo‘y taklif qilindi

Krishtianu Ronaldu transferi uchun 20 dona qo‘y taklif qilindi
Foto: Sport-Ekspress.
Farer orollarining «KI Klaksvik» futbol klubi vakillari «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga kinoya bilan munosabat bildirishdi.

«Biz Ronaldu uchun 20 dona eng yaxshi qo‘yimizni taklif qildik. Hozirda «Yunayted»dan javob kutyapmiz», — deyiladi klub ijtimoiy tarmoqdagi postida.

Hozirda Ronaldu klubni rasman tark etgani yo‘q. Oldinroq Krishtianu «Atletiko Madrid» bilan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini (30 iyul) o‘tkazib yuborishi, ammo «Rayo Valekano» bilan o‘yinda (31 iyul) ishtirok etishi, unda zaxirada bo‘lish ehtimoli kattaligi xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchiga «Atletiko Madrid» qiziqish bildirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu transferi uchun 20 dona qo‘y taklif qilindi