Italiyaning nufuzli nashrlaridan biri Il Corriere dello Sport “Roma” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etadigan sakkiz nafar futbolchi nomini ochiqlagani haqida ma’lumot tarqatdi.
Klub sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilarni sotish, ijaraga jo‘natish va transferlarga qo‘shish orqali maoshlar fondini yengillatishga intilmoqda.
Chunki “Roma” keyingi paytda qolgan kiritgan va jamoaga taklif etayotgan o‘yinchilarning aksariyati katta maosh talab qiladiganlar toifasiga kiradi. Bunga jamoada eng ko‘p maosh olishi kutilayotgan Paulo Dibala va Rimga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan Jorjino Veynaldumni misol qilish yetarli.
Ta’kidlash joizki, Joze Mourino voz kechishga qaror qilgan o‘yinchilar orasida o‘tgan mavsumni birinchi jamoa safida o‘tkazgan charm to‘p ustalari ham ko‘p. Xususan, 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va oltita assist qayd etgan Shomurodov, 28 ta o‘yinda uchta gol va bir assist muallifi bo‘lgan Karles Peres, 37 ta bahsda bir juft golli pas uzatgan Matias Vina hamda 50 ta bellashuvda raqiblar darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qilib, o‘nta golga hammualif bo‘lgan Jordan Veretu birinchi jamoa o‘yinchilari edi.
Shuningdek, ular qatoriga mavsumni boshqa jamoalarda ijarada o‘tkazib, Rimga qaytgan yoki asosiy tarkibdan chetda qolgan Amadu Diavara, Rikkardo Kallavori, Jastin Klyuyvert va Gonsalo Vilyar qo‘shildi.
“Roma” iste’dodli yarim himoyachi Ebrima Darbodan ham voz kechishga qaror qilgandi. Biroq, futbolchi ortoqlik o‘yinida olgan og‘ir jarohati tufayli klub safida qoladigan bo‘ldi. Bu jarohat bilan uni hech qaysi jamoa o‘z safiga qo‘shib olmaydi.
Joze Mourino asosiy tarkib hisobda bo‘lgan va endi kelasi mavsum unga kerak bo‘lmaydigan o‘yinchilarning har biri o‘rniga boshqa futbolchilarni mo‘ljallab qo‘ygan. Xususan, portugaliyalik mutaxassis Eldor Shomurodov o‘rniga “Torino” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan bo‘lgan Andrea Belottini olib kelmoqchi. Italiya terma jamoasi hujumchisi Mourino qo‘l ostida to‘p tepishga qarshi emas.
“Roma”dan ketishi kutilayotgan orasida Eldor Shomurodov, Jordan Veretu va Karles Peresning bozori qiziyotganini ta’kidlash lozim. A Seriya vakillaridan “Bolonya”, “Torino”, “Sassuolo” va “Monsa” Shomurodovga bo‘lgan qiziqishini tasdiqladi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eldorga Germaniyadan ham ko‘z tikkan jamoalar bor ekan. Hozircha, bu jamoalarning nomi e’lon qilingani yo‘q.
“Barselona” tarbiyalanuvchisi Karles Peresga “Selta” o‘z tarkibidan joy berishni kafolatlayapti.
Fransiya terma jamoasida Pol Pogbaga o‘rinbosar hisoblangan Jordan Veretuga asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” va “Marsel” klublari tilga olinmoqda. Shuningdek, “Lill” klubi Jordan uchun rimliklarga 9 million yevro taklif qildi. Biroq, Tyagu Pinto fransuzlardan 12 million yevro so‘rayapti.
Xullas, Joze Mourino kelasi mavsum Shomurodovga imkoniyat bermasligi ancha oydinlashib qoldi.
Shomurodovga o‘ziga mos jamoa tanlab, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini, gollari va assistlari bilan yana nimalarga qodirligini isbotlab qo‘yishini tilaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi