
Foto: O‘zbekiston nogiron-amputantlar milliy jamoasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar milliy jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra O‘zbekiston «Ye» guruhidan o‘rin olgan holda Polsha, Ispaniya hamda Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Amputant futbolchilarimiz jahon chempionati oldidan Jizzax viloyati, Zomin tumanida navbatdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati 30 sentabrdan 9 oktabrgacha Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi besh karra jahon chempioni sanaladi. Jumladan, 1990 (AQSH), 1991 (O‘zbekiston), 2007 (Turkiya), 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
O‘zbekistonNogiron AmputantlarJahon ChempionatiO‘quv Yig‘inJizzax ViloyatiPolsha Ispaniya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar