
«Liverpul» Angliya Superkubogida «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Bu Pep Gvardiola va Yurgen Klopp o‘rtasidagi 25-to‘qnashuv bo‘ldi. Ularning 11 tasida nemis mutaxassisining qo‘li baland kelgan, to‘qqizta o‘yinda ispaniyalik murabbiy g‘alaba qozongan. Shuningdek, beshta o‘yin durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 46:45 — Gvardiola foydasiga.
Qayd etish kerak, hech qaysi murabbiy Gvardiolani Kloppdan ko‘p mag‘lub etolmagan. O‘z navbatida Yurgen faoliyati davomida Pepdan o‘zga hech kimga to‘qqiz marta mag‘lub bo‘lmagan.
Klopp faoliyatidagi 12-sovriniga ega chiqdi, ularning yettitasi «Liverpul» bilan birga qo‘lga kiritilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar