
OFK rasmiy sayti yangi mavsum uchun Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogining taqvimini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, endi musobaqalar kuz-bahor tizimida bo‘lib o‘tadi.
OCHL saralash bosqich uchrashuvlari 11-dan 22 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Guruh bosqich bahslari esa 18-sentabrdan 13 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Nimchorak final 12 fevraldan 21 fevral, chorak final 4 martdan 13 mart, yarim final 16 apreldan 24 aprel va final 11 va 18 may kunlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, OFK kubogi uchrashuvlari 2023 yil 1 avgustda boshlanib, 2024 yil 5 may kuni yakuniga yetadi. Final o‘yini OCHLdan farqli o‘laroq, bitta bahsdan iborat bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar