
Yaxshi bilasiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillarda jahon miqyosida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Bunda shubhasiz murabbiylar shtabining o‘rni yuqori. Ammo vaqt bir joyda turmaydi va terma jamoadagi avlodlar almashinuvi murabbiylar shtabida ham muhitni o‘zgartirish lozimligidan dalolat beradi.
Bugun, 5 avgust kuni O‘zbekiston boks federatsiyasida yig‘ilish tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Xabaringiz bor, shu kungacha milliy terma jamoamizni Marat Qurbonov uzoq vaqt davomida boshqarib kelayotgandi va u kishi boshchiligida o‘zbek bokschilari Olimpiya o‘yinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida umumjamoa hisobida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Bugun tashkil etilgan tadbirda ham Marat Galiyevichning qilgan xizmatlari alohida e’tirof etildi va terma jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida u kishining eng yaqin shogirdlaridan biri To‘lqin Qilichev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar