Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (10-1, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 7 avgust tongida AQSHda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Texas shtatida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik bokschiga bosniyalik Sladan Yanyanin (32-12, 24 KO) raqiblik qildi. O‘n raundga mo‘ljallangan jangning dastlabki raundida Bektemir Meliqo‘ziyev tana qismiga berilgan kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirdi.
Keyingi raundlarda ham Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik ko‘rsatib, ketma-ket zarbalari bilan raqibni passiv himoyalanishga majbur qildi.
Uchinchi raund oxirida esa referi Bektemirning ketma-ket zarbalaridan keyin jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional boksdagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Bektemir Meliqo‘ziyev1, Sladan Yanyanin1, Professional boks1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi