
"Roma" yarim himoyachi Nikolo Zanoloni sotish haqida o‘ylamayapti. Bu haqda “90min” nashri xabar berildi. Italiya klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi bo‘lgan Londonning "Tottenxem" klubining taklifini rad etdi.
Zanologa ingliz klubidan tashqari Turinning "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida yarim himoyachi 28 ta o‘yinida qatnashib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Nikolo va “bo‘rilar” o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar