
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov Islom birdamligi o‘yinlarida ham barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni keltirdi. Murosasiz kechgan final jangida Rashitov ozarbayjonlik raqibi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Ulug‘bek - 68 kg vazn toifasida raqiblaridan bir bosh ustun ekanini yana bir karra ko‘rsatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar