20:46 / 11.08.2022
1 162

Pep Gvardiola: «Manchester Siti»ga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun kelmaganman

Pep Gvardiola: «Manchester Siti»ga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun kelmaganman
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish jamoaning asosiy maqsadi emasligini aytib o‘tdi.

- "Odamlar buni bahona deb o‘ylashlari mumkin, ammo men bu yerga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun kelganim yo‘q. Rahbariyat mendan buni talab qilgani yo‘q. Albatta, ular buni xohlaydi, shu o‘rinda men ham juda xohlayman. Ammo «Bavariya»da ham, ikki marta YECHLda zafar quchgan «Barselona»da ham xuddi shunday bo‘lgan.

Har yili barcha 4 ta sovrinni ham qo‘lga kiritishni istayman. Agar yana 30—40 yil faoliyat olib borsam, har mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishni istardim. Biroq «Barselona»dagi o‘sha ikki mavsum va «Bavariya»da g‘alaba qozona olmagan uch mavsum yomon o‘tganini sezmadim.

Men koinotning xo‘jayini emasman. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga harakat qilyapmiz. O‘tgan mavsumda ham yaqin kelgan edik, yana urinib ko‘ramiz. Lekin shu bilan birga raqiblar qanchalik kuchli va raqobat ham juda katta ekanligini bilaman
", - deydi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola.

2021/22 yilgi mavsum «shaharliklar» nufuzli musobaqaning yarim finaliga qadar yetib bordi. Yarim finalda «Real» bilan to‘qnash kelgan «Manchester Siti» dastlabki o‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozongan. Javob o‘yinida esa «Real» 3:1 hisobida g‘olib bo‘lib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pep Gvardiola: «Manchester Siti»ga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun kelmaganman