19:00 / 12.08.2022
1 899

Lift Promotions tashkil etayotgan boks oqshomi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Lift Promotions tashkil etayotgan boks oqshomi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Xabar berib o‘tganimizdek, 13 avgust kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"da Lift Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan ilk professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimizning bir qancha charm qo‘lqop ustalari va xorijdan kelgan bokschilar janglar o‘tkazadi.

Havaskor boksda Osiyo va jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov ushbu kechada qirg‘izistonlik Islam Torobayevga qarshi jang qiladi. Mirzahalilov o‘zining debyutini 2021 yil 3 aprel kuni o‘tkazgan bo‘lib, keyinchalik Mir Boksa kompaniyasi unga shartnoma taklif qilishi kutilgan edi. Bu borada bokschi izoh berar ekan, u shartnomani ma’lum sabablarga ko‘ra rad etganini aytdi. Havaskor boksga qaytishi borasida esa agar imkon berilsa albatta bu yo‘nalishda ham yana o‘zini sinashga qarshi emasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, kechada Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov ham yana ringga qaytadi. Unga Nikaragua vakili Xerson Larios raqiblik qiladi. Zoirov konferensiyada savollarga javob berar ekan, bo‘lajak boks oqshomida ajoyib janglar ko‘rsatishga harakat qilishini, havaskorga qaytish borasidagi savolga esa, agar imkon berilsa ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lishga urinib ko‘rishini aytdi.

Kechaning ikkinchi asosiy bahsida taniqli braziliyalik Olimpiada chempioni Ebert Souza o‘zining prof debyutini nishonlaydi. U Olimpiada -75 kg finalida ukrainalik Hichniakni nokautga uchratgani eslab o‘tildi. Souza esa agar ular profda ham to‘qnash kelib qolishsa, bu shunchaki tasodif emasligini va uni yana bir bor mag‘lub etishga harakat qilishini ta’kidladi. Qolaversa, vatani Braziliyada boks u qadar ommalashmagani, ammo bu sport turiga ham qiziqish oshib borayotgani hamda ular ham yaxshi natijalarni qayd eta oluvchi yosh avlod yetishib chiqayotganini qo‘shimcha qildi.

Boks oqshomi markaziy bahsida yana bir Olimpiada chempioni, faoliyatida tanaffus yuzaga kelgan Fazliddin G‘oibnazarov yana katta ringga qaytib, venesuelalik Xadiyer Para bilan kuch sinashadi.

"Orada ikki yillik tanaffusga sabab viza masalalari, yosh faktori va oila sog‘inchi tufayli janglarimiz cho‘zilib ketdi. Bizga Top Rank promouterlik kompaniyasi janglar tashkil qilib berar edi. Asosan viza bilan bo‘lgan muammolar sabab shunday tanaffus yuzaga keldi. Mana yurtimizda Lift Promotions kompaniyasi tashkil topdi. Kompaniya bilan hozircha bitta jangga shartnoma qilganman. O‘ylaymanki, endi yana aktiv bo‘lamiz."-deydi G‘oibnazarov o‘ziga berilgan savollarga javob berar ekan.

Bundan tashqari, mazkur jang oqshomida Lazizbek Mullojonov, Mujibillo Tursunov, kubalik Xadiyer Herrera kabi taniqli bokschilar ham jang olib borishi belgilangan.

Ushbu turnirda asosiy karddan avval, o‘ziga xos Gran-Pri turniri tashkil qilinib, unda 63,5 kg vazn toifasida 8 nafar bokschi qur’a tashlash marosimi orqali raqiblarini aniqlashtirib oldi.

Qur’a o‘ziga xos tarzda bo‘lib o‘tdi va qur’a ajoyib juftliklarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Abbosxon Yuldashev iste’dodli Shohruxbek Kenjayevga qarshi jang qiladi. Mujibullo Tursunov - Raxmatillo Sharipov, Dastanbek Imankaziyev (Qirg‘iziston)- Nurim Dilshad (Qozog‘iston), Timur Abdurahmonov- Farrux Arslonov qarama-qarshiligini ko‘rishimiz mumkin.

To‘liq kard esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lift Promotions tashkil etayotgan boks oqshomi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi