
13 avgust, shanba oqshomida professional boks kechasi doirasida Toshkentdagi «Humo Arena»da hamyurtlarimiz ishtirokidagi bir qator janglar oʻtkazildi.
«Lift» promouterlik kompaniyasi tashkilotchiligida boʻlib oʻtgan boks kechasida oʻzbekistonlik afsonaviy bokschi Artur Grigoryan ham faxriy mehmon sifatida Germaniyadan tashrif buyurdi.
Kechaning asosiy ikki jangidan birida Fazliddin Gʻoibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarshi jang qildi. E'tiborlisi, Olimpiada chempioni 10 raundga moʻljallangan jangni 38-soniyadayoq tugatdi – Fazliddin raqibini nokautga uchratdi.
Yana bir e'tiborli jangda faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Shahobiddin Zoirov nikaragualik Larios Jersonga qarshi ringga koʻtarildi. Rio-2016 Olimpiadasi gʻolibi boʻlgan bokschimizning gʻalabasi uchun 20 soniya etarli boʻldi. Zoirov 20-soniyadayoq Jersonning jagʻ qismiga kuchli zarba yoʻllab, raqibini erga qulatdi. Qaqshatqich zarbani oʻtkazib yuborgan Lario oʻrnidan tura olmadi va hakam nokautni qayd etdi. Bu esa Shahobiddinning professional boksdagi 5-gʻalabasiga aylandi.
Ushbu boks oqshomida Mirazizbek Mirzaxalilov va Lazizbek Mullajonov ham ringga chiqib, nokaut bilan gʻalabaga erishdi. Lazizbek Mullajonov britaniyalik Bassetga qarshi jangini ikkinchi raundda yakunlagan boʻlsa, Mirazizbek Mirzaxalilov qirgʻizistonlik raqibi Islom Torabaevni 3-raundda taslim qildi. Uning sekundantlari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar