15:10 / 21.02.2015
5 779

Argentinada Messining qaynotasi va qaynonasining uyiga o‘g‘ri tushdi

Argentinada Messining qaynotasi va qaynonasining uyiga o‘g‘ri tushdi

Argentinada «Barselona» hujumchisi Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonelli Rakussoning ota-onasiga tegishli uyni o‘marib ketishdi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi bir guruh noma’lum shaxslar Funes shahridagi kottejlar posyolkasi hududida paydo bo‘lib, bir nechta uyni o‘margan. Ulardan biri Messining rafiqasining ota-onasiga tegishli bo‘lgan. Qurollangani qayd etilgan o‘g‘rilar pul va qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.

Polisiya tekshiruvni boshlagan, biroq jinoyatchilar ishonchli qo‘riqlash tizimi bilan jihozlangan posyolkaga qanday qilib sezdirmay kirib olgani noma’lumligicha qolmoqda.

Manba: www.std.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Argentinada Messining qaynotasi va qaynonasining uyiga o‘g‘ri tushdi