Hujum salohiyatini Eldor Shomurodov yordamida kuchaytirishga qaror qilgan “Bolonya” vakillari “Roma” bilan muzokaraning navbatdagi bosqichini o‘tkazishi haqida xabar tarqatilgan edi. Italiya matbuoti ushbu uchrashuv natijasi haqida ma’lumotlar chop eta boshladi.
Nufuzli manbalardan biri https://www.calciomercato.com sayti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar Shomurodov transferi uchun beriladigan badal summasini kelisha olmayapti.
Saytning ta’kidlashicha, “Roma” mutasaddilari o‘zbek futbolchisi uchun “Bolonya” vakillaridan talab qilinayotgan 15 million yevroni kamaytirishni istamagan. Avvalroq, poytaxt klubi Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchi uchun 13-14 million yevro olishni mo‘ljallayotgani haqida xabarlar chiqqan edi, lekin bu taxminlar o‘zini oqlagani yo‘q.
Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portalida o‘zbekistonlik 27 yoshli hujumchining transfer summasi 8 million yevro ekani ko‘rsatilgan. Lekin rimliklar muzokaralarda bu ko‘rsatkichga e’tibor qaratayotgani yo‘q.
“Bolonya” vakillari rimliklardan o‘zbek legionerini bir mavsum ijaraga olib, kelasi yoz uni 10 million yevro evaziga sotib olish huquqini so‘rayapti. Bolonyaliklar “Roma” mutasaddilari agar futbolchini sotib olish huquqini taqdim etmasa, ijara shartnomasini hujumchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ham rasmiylashtirishga rozi bo‘lishi aytilmoqda. Buni ularning Shomurodovga katta ishonch bildirayotgani bilan izohlash mumkin.
Qiziq tomoni shundaki, “Roma” Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti bilan kelishib qo‘ygan. Biroq, “Torino”ni tark etganidan beri erkin agent maqomida yurgan 28 yoshli to‘purarning transferini rasmiylashtirish uchun poytaxtliklar tarkibdagi forvardlardan biridan qutilishi talab etiladi.
Belottining o‘zi rimliklarga shu hafta oxirigacha muhlat berdi va agar uning transferi rasmiylashtirilmasa, og‘zaki kelishuvni buzib, “Galatasaroy” yoki “Nitssa” kabi jamoalar chorlovini qabul qilishini bildirdi.
Shunga qaramay, rimliklar shoshilayotgani yo‘q. “Roma” bir yil muqaddam 18 million yevroga “Jenoa”dan transfer qilingan Shomurodovni imkon qadar qimmatroqqa sotib, moliyaviy zararni minimal darajaga olib kelmoqchi.
Bundan tashqari, klub sport direktori Tyagu Pinto ijaradan qaytgan Jastin Klyuyvert, Joze Mourino qo‘l ostida debyutini nishonlagan Feliks Afena-Gyan transferi bo‘yicha ham ishni davom ettirmoqda.
Xususan, o‘tgan mavsum “Nitssa” safida o‘zini ko‘rsatgan Klyuyvertni bu gal “Fulxem” o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Tyagu Pinto iste’dodli hujumkor futbolchini angliyaliklarga 12 million yevroga sotib borish yo‘lini qidiryapti.
Shuningdek, avvalroq Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgani aytilgan “Sassuolo”ning tanlovi o‘zgarib, ular 19 yoshli Feliks Afena-Gyanni ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.
Bundan tashqari, “Yuventus” va “Tottenxem” hali Nikolo Dzanolodan umidini uzgani yo‘q. Ayniqsa, londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte klub rahbariyatini Dzanolo uchun so‘rayotgan 50 million yevroni to‘lashga ko‘ndirishga yaqin turibdi.
Tyagu Pinto mana shu transferlar biri yaqin kunlarda amalga oshishi ishonmoqda. Agar vaziyat u kutganidek yakunlasa, portugaliyalik mutaxassis jamoaga Andrea Belottini olib kelib, Mourinoning yozgi transferlar uchun so‘nggi tilagini bajargan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Roma”ga o‘tganidan beri jami 40 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga oltita golli uzatma berdi.
Hozircha, Eldor Shomurodovning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi