
Ayni kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida 11-12, 13-14, 15-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida aralash jang san’atlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugunga kelib, bir qator medallar qo‘lga kiritildi. Jumladan, Jahongir Qoraboyev hamda Farruh Madaminov shogirdi Muhammadali Ho‘jamiyorov -44 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -80 kg vazn toifasida A.Abdusattorov ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, -80 kgda Hojiakbar Nosirjonov kumush, -40 kgda Ibrohimjon Botirov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugungi kun dasturidan -48, -52, -56,7, -61,2, -65,8 kg vazn toifalarida janglar o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar