13:00 / 19.08.2022
1 286

Konya-2021. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egalladi?

Konya-2021. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egalladi?
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida mezbon Turkiyadan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqada sportchilarimiz 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Islom birdamlik o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning murabbiylarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidi Prezident qarori e’lon qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport